Erdo’g’an: Hozirgacha 70 davlat va 14 xalqaro tashkilotdan yordam taklifi oldik

"Hozirgacha 70 davlat va 14 xalqaro tashkilotdan yordam taklifi oldik. 18 ta davlat va hukumat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildik. Mamlakatimiz uchun qiyin vaqtda qo'llab-quvvatlayotganlari va yordam berayotganlari uchun davlat hamda hukumat rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman", - Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an.
Eslatib o’tamiz, 7-fevral kuni Turkiya hukumati zilzila oqibatlarini tezda bartaraf etish va muhtojlarga yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha choralarni e'lon qilfan edi. Shuningdek, Turkiya yetakchisi birinchi bosqichda shoshilinch yordam ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash tadbirlarini tashkil etish uchun zudlik bilan 100 milliard lira (5,3 milliard dollar) ajratgani haqida ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, tabiiy ofat zonasiga yaqin joylardan boshlab, mehmonxonalar bilan ta'minlash uchun zarur rejalar ishlab chiqilayotganini qayd etgan edi.






