Erdo‘g‘an tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

Turkiye Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentoʻp, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanni “Nobel” Tinchlik mukofotiga nomzod qilib koʻrsatganini bildirdi.
Mustafa Shentoʻp poytaxt Ankarada parlament muxbirlari bilan uchrashdi. Mavzu haqida bergan bayonotida, Prezident Erdoʻgʻanning 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushini tugatish masalasidagi sa’y-harakatlarini qayd etgan Shentoʻp, “Janob Prezidentni tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod koʻrsatish uchun murojaat qildim. (Bu borada) turli mamlakatlarning parlament spikerlari va deputatlari ham murojaat qiladi”, - deya ta’kidlagan.






