Eron va O'zbekiston: fan, innovatsiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik

Bugun Eron Islom Respublikasi fan va texnologiyalar bo'yicha vitse-prezidenti Soren Satori boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Eron mehmonlarining tashrifi fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

"Ikki mamlakatning biotexnologiya sohasidagi yutuqlari, ularning umumiy qarashlari va o'zaro manfaatli hamkorlikka intilishlari alohida e'tiborga loyiqdir", dedi Eron vitse – prezidenti.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov mart oyida Eronga tashrifi yakunlariga ko'ra, 20 dan ortiq Eron kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy-innovatsion sohada faoliyat yuritayotgan innovatsion infratuzilma ob'ektlari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilganini ma'lum qildi. Shundan kelib chiqib, Satori O'zbekistonga tashrifi ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish imkonini berishini ta'kidladi.

Bundan tashqari, Eronning yuqori texnologiyali innovatsion kompaniyalarini O'zbekistondagi faoliyatini kengaytirish va O'zbekistonning yetakchi sanoat korxonalari bilan tajriba va mutaxassislar almashishga jalb etishdan o'zaro qiziqish bildirildi.