Erta pishar olma yetti barobar arzon narxda sotuvga chiqdi

O‘zbekiston bozorlarida erta pishar olma o‘tgan yilga nisbatan 7 barobar arzon narxda sotuvga chiqarildi. Bu haqida “East Fruit” tahlilchilari maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yangi mavsumgi olmalar Tashkent shahri supermarketlarida o‘tgan yilga nisbatan bir necha kun ertaroq paydo boʻlgan.
2023-yilning 17-aprelida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i xalq orasida "Mayskiy" deya ataladigan olmalarni 17990 so‘mlik chakana narxda sotishni boshlanganini e’lon qildi.
“Ammo mahsulot hozircha ushbu tarmoqning Toshkent shahrida joylashgan atigi to‘rtta do‘konida mavjud”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil poytaxtda erta pishar olmalar 20-23-aprel kunlari 1 kilogrammi 117 000 so‘mdan 129 990 so‘mgacha boʻlgan narxlarda sotuvga chiqarilgan edi.






