ESKATO delegatsiyasi bilan yangi transport yo’lagini rivojlantirish loyihasi muhokama qilindi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda Chobahor porti orqali "O'zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yo'lagini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetadigan O'zbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini ta'minlaydigan yangi transport yo'lagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Ta’kidlanishicha, mazkur yo'lak, shuningdek, yaqin istiqbolda 3,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkin bo'lgan Markaziy Osiyo va Hindiston mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro savdo munosabatlari doirasida mahsulot yetkazib berishning uzluksizligini ta'minlashga ham yo’naltirilgan.






