Estoniya hududida Yandeks.Taksi taqiqlandi

Estoniya hukumati 11-apreldan “Yandeks.Taksi”ni taqiqlashga qaror qildi. Bu Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bogʼliq deyiladi xabarlarda.
Ma’lumotlarga ko’ra, bu haqda mamlakat bosh vaziri Kaya Kallas maʼlum qilgan.
“Yandeksning taqiqlanishi Rossiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalarga Estoniyada oʼrin yoʼqligidan dalolat beradi”, deya ta'kidladi Kallas. U shuningdek, Estoniya Yevropa Ittifoqida mazkur kompaniyaga qarshi sanksiyalar qoʼllash taklifi bilan chiqqanini taʼkidlagan.
Аniqlik kiritilishicha, Estoniya internet provayderlari Yandex NV veb-saytlari va taksilar bilan bogʼliq ilovalarga (Yandex Go i Yandex Pro) kirishni cheklashlari kerak. Bundan tashqari, ilovalar doʼkonlari (Google Play, App Store va boshqalar) Yandex ilovalarini yuklab olishni cheklashlari kerak.
Hukumat tomonidan joriy yil 31-martda tasdiqlangan Yandex N. V. ga qarshi sanksiyalar 11-apreldan kuchga kirishi kutilmoqda.






