"Ever Given" ulkan konteyner tashish kemasi keltirgan zarar milliard dollardan oshdi

Аvval xabar berilganidek, "Ever Given" ulkan konteyner tashuvchi kemaning Suvaysh kanalida shamol ta’sirida sayozlikka botib qolishi natijasida suv yo‘li to‘silib qolgan edi. Natijada bu yerdan qatnovchi kemalar harakati to‘xtab qoldi. Buning oqibatida jahon bozoridagi narx-navolarda nomutanosibliklar vujudga keldi.
Eng asosiysi kemani sayozlikdan chiqargunga qadar sarflangan mablag‘ miqdori millard dollardan oshdi. Bu haqda Sada el-Balad telekanali xabar tarqatgan. 
Аmmo hali keltirilgan zarar bo‘yicha so‘nggi nuqta qo‘yilgani yo‘q. Yakuniy xulosa tekshirishlardan so‘ng e’lon qilinadi.
Kompensatsiya to‘lovining asosiy yuki sug‘urta kompaniyalari zimmasiga tushadi.