Yevropa Ittifoqi Afg'onistonga qo'shni mamlakatlarga moliyaviy yordam ko'rsatadi

Yevropa Ittifoqi, migratsiya inqirozining oldini olish uchun Afg'onistonga qo'shni mamlakatlarga 600 million dollarlik yordam paketini taqdim etishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Financial Times.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, 2015 yilgi Suriyadagi urush tufayli 1 milliondan ortiq muhojir Evropaga kelgan migratsiya inqiroziga o'xshash vaziyatni bartaraf etish uchun yordam paketini tayyorlamoqda.

31 avgust, 27 Yevropa Ittifoqi mamlakatlarni ichki ishlar vazirlari Afg'onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun favqulodda yig'ilish o'tkazdilar. Evropa Ittifoqi kengashi ko'plab qochqinlarni qabul qiladigan mamlakatlarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish haqida bayonot berdi.

Moliyaviy yordam Tojikiston, O'zbekiston, Pokiston va Eronga yuborilishi mumkin, bu mablag'lar Afg'onistonga qo'shni mamlakatlarga qochqinlarni qabul qilishda yordam beradi.