Finlyandiya elchisi O'zbekistondagi missiyasini yakunladi

Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Marya Liivala 1-sentabrdan Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti bosh direktori lavozimiga kirishmoqda.
Uchrashuvda elchi Liivalaning diplomatik missiyasi davomida ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi hamda uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.






