Forbes Telegram asoschisi Pavel Durovni BAAning eng boy kishisi deb topdi

Forbes nashri Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovni Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) eng boy odami deb tan oldi. Nashrga ko‘ra, uning boyligi 15,1 milliard dollarga yetgan.

Shuningdek, Jahon milliarderlari reytingida Durov 123-o'rinni egallaydi. Shu bilan birga, 2021-yildan buyon tadbirkor deyarli 2 milliard dollar yoqotgan - o'tgan yili uning boyligi 17 milliard dollardan oshgan edi.

Ta’kidlash jozki, Durov to'rt davlat fuqaroligiga ega - Rossiya, Sent-Kits va Nevis shtati, Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari. 2017-yilda Telegram asoschisi Dubayga ko‘chib o‘tgan va 2022-yilda BAA fuqaroligini olgan.

2021-yilning bahorida Durov Forbes rus nashri ma'lumotlariga ko'ra, 9-o'rinni egallaganida birinchi marta rossiyalik eng yaxshi milliarderlar o'ntaligiga kirgan. 2022-yil aprel oyida tadbirkor 3-o‘ringa ko‘tarilgan.