Forish da bo'lib o'tgan Harbiy-tibbiy estafetada O'zbekiston birinchi o'rinni egalladi

Ushbu estafeta shartlariga ko'ra, muhandislik to‘siqlaridan emaklab o‘tish, shartli yaradorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiy zambil orqali va arqon yordamida suvli to‘siq ustidan olib o‘tish, sanitar harbiy texnikaga joylashtirib, barcha aslahalarni yig‘ishtirib olish, keyin esa ularni xavfsiz hududga olib chiqish kabi mashqlarni bajarish kerak edi.

Musobaqa o‘tkazilayotgan hudud shartli ravishda jang maydonidek ko‘rinishga keltirilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, "Jamoaviy birinchilik"ning erkaklar hamda ayollar bahslarida O‘zbekiston jamoasi yuqori natijalarni ko‘rsatib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada hamyurtlarimiz uch yildirki, mutloq g‘olib bo‘lib kelishmoqda.