Fransiya OAV: O‘zbekistonning madaniy merosi va xalqaro maydondagi o‘rnini yuqori

Fransiyaning “Valeurs actuelles” jurnalida “O‘zbekiston sanʼatining buyuk lahzalari”, “Veridik” onlayn portalida “Samarqand yo‘llarida - noyob ko‘rgazma” va “Revue Conflits” veb-saytida “O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchi rol o‘ynash istagida” sarlavhali maqolalar eʼlon qilindi.
“Materialda, qadimgi davrdan boshlab eramizning birinchi asridagi podshohliklarigacha, turk va xun ko‘chmanchi guruhlari kelgunga qadar O‘zbekiston turli sivilizatsiyalar va madaniyatlar beshigi bo‘lgan. Markaziy Osiyoning bu hududi tez orada Islom dunyosining markaziga aylanib, moddiy madaniyatining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Luvr Muzeyida “O‘zbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasida eng qadimiy Qurʼonning taqdim etilishi hududdagi tub o‘zgarishlardan dalolat beradi”, deya yozilgan fransuz jurnalida.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi 2022-yil 24-noyabrdan 2023-yil 6-martgacha Luvrda boʻlib oʻtmoqda.
Ko‘rgazmada bugungi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qilinib, unda monumental va dastgoh sanʼati obyektlari, devor rasmlari, saroylarning oʻyilgan detallari, sanʼat va hunarmandchilik buyumlari namoyish etilmoqda. Tashrif buyuruvchilar jami 168 ta muzey eksponatlari bilan tanishishlari mumkin.
Shuningdek, Arab dunyosi institutida “Samarqandga yoʻl, Oʻzbekiston ranglari va koʻrki” ikkinchi koʻrgazmasi o’tkazilib, Fransiyada xalqaro jamoatchilik diqqat-eʼtiboriga yurtimizning 9 ta yirik muzeylaridan 300 dan ortiq eksponatlarni namoyish etish imkonini taqdim etmoqda.






