Fransiya prezidenti JCh-2022 finaliga 3 nafar futbolchining kelishini istayotganini bildirdi

Sport vaziri Ameli Udea-Kasteraning taʼkidlashicha, davlat rahbari terma jamoaning Argentina bilan oʻyinida jarohat tufayli chempionatni oʻtkazib yuborgan futbolchilar stadionda boʻlishini xohlaydi. Ta’kidlanishicha, bular Benzema (“Real Madrid”), Ngolo Kante (“Chelsi”) va Pol Pogba (“Yuventus”).
P.S. Ertaga 18-dekabr, yakshanba kuni Argentina hamda Fransiya terma jamoalari o’rtasidagi final bahsi bo’lib o’tadi.






