Fransiyada prezidentlik saylovlari oldidan saylov kampaniyasi boshlandi

Ma’lumotlarga ko'ra, saylovning birinchi bosqichi 10-aprelda bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda.

Ayni damda, 12 nafar shaxs davlat rahbari lavozimiga nomzod sifatida ro‘yxatga olingan. Birinchi saylov mitinglari Parij va Marselda boʻlib oʻtdi.

Ayni damda amaldagi prezident Emmanuel Makron 28 foizga yaqin ovoz bilan raqiblaridan ancha oldinda. Uning asosiy raqobatchisi 17% ovoz bilan Marin Le Pen ekanligi qayd etilmoqda. Undan keyingi navbatdan esa Jan-Lyuk Mélenchon, Erik Zemmour va Valeri Pecresse o’rin olgan.

Besh yil avvalgi hal qiluvchi ovoz berishda Emmanuel Makronga Marin Le Pen ham qarshi chiqqan edi.