FTA bilan Yillik maslahatlashuvlar - konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish platformasi

Bugun, 31-yanvar kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o‘rtasida IV-Yillik maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi, FTA koʻmagida amalga oshirilayotgan joriy qoʻshma loyihalarning bajarilishini muhokama qilish va barqaror rivojlanishga koʻmaklashadigan istiqbolli tashabbuslarni belgilab olishdir.

Tadbirda Fransiya taraqqiyot agentligi, Yevropa va tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Fransiyaning “Expertise France” xalqaro texnik ekspertiza agentligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, hamda boshqa tegishli vazirliklar, idoralar va tarmoq birlashmalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ma’lum qilinganidek, 25-27-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan texnik yig‘ilishlarining birinchi bosqichida O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, chorvachilik va aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan jami 814 million yevrolik 9 ta FTA loyihasining hozirgi holati muhokama etildi.