Ftiziatr va pulmonologlar xorijiy tibbiyot markazlarida malaka oshiradi

“2023–2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, tanlov asosida saralab olingan 40 nafargacha ftiziatr va pulmonologlar 2023-2026-yillarda xorijiy tibbiyot markazlarida malaka oshirishga yuboriladi.

Shuningdek, qarorga ko'ra:

tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi ftiziatriya bo'limlari va xonalari negizida ftiziopulmonologiya bo'limlari tashkil etiladi;
viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazlaridagi bosh pulmonolog shtatlari hududdagi ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga o'tkaziladi;
tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida “Uyqu apnoe” markazlari tashkil qilinadi.
“O'pka salomatligi” mobil brigadasi doirasida olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholiga bepul tibbiy ko'rik doirasida skrining tadbirlari o'tkaziladi.

Qarorga ko'ra, tanlov asosida saralab olingan 40 nafargacha ftiziatr va pulmonologlar 2023-2026-yillarda xorijiy tibbiyot markazlarida malaka oshirishga yuboriladi.