Fuqarolar uchun davlat xizmatlari sifatini baholash imkonini beruvchi yangi portal ishga tushdi

BAHO.GOV.UZ saytida foydalanuvchilar davlat xizmatiga baho qoldirish imkoniyatiga ega boʼlishdi.
Fuqarolar 5 ta mezon boʼyicha maxsus QR-kod yordamida ushbu portal orqali davlat xizmatlari toʼgʼrisida (1-5 gacha tizimda) oʼz fikr-mulohazalarini qoldirishlari mumkin.
Taʼkidlanishicha, fuqarolar tomonidan qoʼyilgan salbiy baholar tegishli davlat organlari rahbarlariga jiddiy signal boʼladi. Mavjud muammolar iloji boricha zudlik bilan hal qilinadi.
Hozirgi vaqtda, fuqarolar portal orqali 9 vazirlik va 1ta Aksiyadorlik jamiyati xizmatlarini baholashlari mumkin.
Idoralar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ma'lumot berilmagan.






