Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlanadi

Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanets avval Iroq terma jamoasiga boshchilik qilgan va Sloveniya terma jamoasini Yevro-2000 va Jahon chempionati -2002 ga olib chiqgan. Xozirda u Vadim Abramov o'rniga O'zbekiston terma jamoasiga murabbiy bo'lishi uchun muzokaralar ketmoqda.
Yangi murabbiy kelgusi haftada yakuniy muzokaralar va shartnoma tuzish uchun Respublikaga tashrif buyuradi, deya xabar beradi O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Srechko Katanets katta tajribaga ega. U "Goritsa" va "Olimpiakos" jamoalarini, Makedoniya va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalarini boshqargan. Katta yutuqlaridan biri esa Slovenlarni Evropa va jahon chempionatlariga olib chiqgan.






