Futbol bo‘yicha BMB Kubogi o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, BMB Trade Group kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan futbol bo‘yicha turnir o‘tkazmoqda. Bugun ushbu turnirni birinchi bahslariga start berildi.

Ishtirokchilar orasida vazirliklar, davlat agentliklari, moliya muassasalari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar o‘rin olgan.

Mazkur turnir tashkilotlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish va o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Zero, har qanday sport turniri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish vositasi bo‘lishi qatorida, ishonch va umid, hamdo‘stlik va birdamlik timsoli hamdir.