Gender tengligiga erishish strategiyasining mohiyati va mazmuni aniqlab olindi

2021 yil 4-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi bo'yicha qo'mitasi raisi M.Qodirxonova rahbarligida “Gender tengligiga erishish strategiyasi – mohiyati va mazmuni” mavzusida videokonferensiya shaklida tadbir bo’lib o’tdi. 

So'nggi bir necha yil ichida O'zbekistonda gender tengligiga erishish uchun juda ko'p ishlar qilindi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n beshinchi yig'ilishida O'zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha gender tengligiga erishish strategiyasi ko'rib chiqildi. Tadbirda senator M.Qodirxonova strategiyaning mohiyati va mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Ta'kidlanganidek, rahbarlik lavozimlarida ayollarning ulushi 27 foizga yetdi. 81 ta vazirlik va idoralarda ilg'or va o'qimishli ayollardan iborat 15 mingdan ortiq kadrlar zaxiralari shakllantirildi.

Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ish olib borish maqsadida "ayollar daftarchasi" tizimi joriy etildi. Shuningdek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 224 mingdan ziyod ayollarga 6,9 trillion so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Ularga Xalq banki biriktirib qo’yildi. 14 ta hududda ayollar tadbirkorligi markazlari tashkil etildi.

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo'yicha qo'mitasi raisi M.Qodirxonova O'zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha gender tengligiga erishish strategiyasi O'zbekiston Respublikasining rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan mamlakatning uzoq muddatli maqsadlari va ustuvor yo'nalishlariga muvofiq ekanligi, “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning tegishli qoidalari, asosida ishlab chiqilganligi bilan diqqatga sazovor ekanligini ta'kidladi. Mazkur hujjat qabul qilish va ijro etishning barcha sohalarida va darajalarida erkaklar va ayollar o’rtasidagi tenglik prinsipini joriy etishga kompleks yondashuvni nazarda tutadi.

Strategiya, shuningdek, erkaklar va ayollarning teng huquqlari va imkoniyatlari amalga oshirilishi uchun sharoit yaratish hamda insonning asosiy huquqlariga rioya qilish maqsadida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotda gender tengligini rivojlantirishga yordam beradi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o'z taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.