Gender tengligini ta'minlash va tadbirkor ayollarning muammolarini aniqlash

2021 yil 17 may kuni "Investitsiya muhitini gender nuqtai nazaridan baholash" mavzusida seminar bo'lib o'tdi, unda O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida gender tengligi masalalari muhokama qilindi.

Seminar O'zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta'minlash komissiyasining tashabbusi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda o'tkazildi.

Gender tengligini ta’minlash masalalari bo'yicha komissiya a'zolari, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, iqtisodiyot va moliya sohasida faoliyat olib borayotgan davlat tashkilotlari vakillari, xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya agentliklari xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari O’zbekistonda ayollar uchun iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash va yordam ko’rsatishning muhim jihatlarini muhokama qildilar.

Seminar ishtirokchilari o'zlarining tajribalari asosida tadbirkorlik muhiti to'g'risida taqdimotlar qildilar. So'nggi yillarda hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosiy va huquqiy islohotlarning o'rni va ushbu islohotlarni rivojlantirish istiqbollari ta'kidlandi.

O'tkazilgan SWOT tahlili davomida mavjud tartibga solish muhitining imkoniyatlari va xatarlari, kuchli va mumkin bo'lgan zaif tomonlari xolisona ko'rib chiqildi.