Gender tenglik bu - jamiyat va demokratik jarayonlar rivojlanishining muhim elementi

Bugun, 8-sentabr kuni Toshkentda «Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali taʼminlashda xavf-xatarlarni baholash» mavzusida Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti oʼz ishini boshladi.
Toshkent sammitida BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 ta davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda.
O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkentda boshlangan 14 ayol parlament rahbarlari sammiti ishtirokchilarga murojaat qildi. Prezident Murojaatini Sherzod Asadov oʻqib eshittirdi.
“Milliy parlamentlar rahbarlari uchrashuvi Oʻzbekistonda ilk bor boʻlib oʻtmoqda. Biz buni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik islohotlarning, jumladan parlamentchilik va gender siyosati sohalarida, tan olinishi deb bilamiz”.
2005-yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu parlamentlararo sammit hamkorlikning muhim platformasiga aylandi va demokratik jarayonlarning hamda fuqaro jamiyatining rivojlanishiga jiddiy hissa qoʻshmoqda.
Bugungi forum kun tartibi ham dolzarb mavzularga bagʻishlangan boʻlib u jamiyat va siyosatda ayollar oʻrni oshib borayotgani, milliy va xalqaro darajadagi muhim jarayonlarda ayollar ishtirokiga bagʻishlanadi.
“Biz Oʻzbekistonda ishonchimiz komilki, gender tenglik bu - jamiyat va demokratik jarayonlarning rivojlanishining muhim elementi ekaniga ishonamiz”, - deya ta’kidlangan murojaatda.






