Gender tenglikni ta'minlashda olib borilayotgan ishlar

Joriy yilning 25 avgust kuni Toshkent shahrida Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyaning kengaytirilgan majlisi o‘tkazildi. tadbirda komissiya a'zolari, hamkor tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Yig'ilishda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchilik qilib, so'nggi uch oyda hotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash doirasida qilingan ishlar va 2030 yilga qadar gender tenglikka qaratilgan harakatlar strategiyalari ko'rib chiqildi.

Jumladan, “Ayollar daftari”gi kiritilgan va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 68 281 nafar xotin-qizga 837 mlrd. 931 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratilib, ularning bandligi ta’minlandi. Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni hududlarda tor soha shifokorlarini jalb qilgan holda 5 818 ta tibbiy brigada tashkil etilib, ular yordamida 43 779 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shuningdek, yig'ilishda qarindoshlar o'rtasida nikoh tuzish amaliyoti keng tarqalgan hududlar, gender tenglikni ta’minlash strategiyasida xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etish kabi masalalar keng muhokama qilindi va ularga nisbatan tegishli qarorlar qabul qilindi.