Gender tenglikni taʼminlashda yangi imkoniyat

19-oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi BMTTD va Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasi bilan birgalikda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlat muassasalari oʼrtasida gender tenglikni targʼib qilish maqsadida “Davlat muassasalari uchun gender tenglikka erishish uchun mukofot” (DM uchun GTEM) dasturini ishga tushirdi.
Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan ushbu dastur Markaziy Osiyodagi ilk bunday dasturdir. DM uchun GTEMning asosiy maqsadi davlat siyosatida gender masalalarga koʼproq eʼtibor qaratish va uni samaraliroq yuritish imkonini berishdir. Mukofot davlat muassasalariga oʼz salohiyatini mustahkamlash va gender tenglikni yanada samarali hamda yaqqol taʼminlash uchun chinakam va amaliy poydevor yaratib beradi.
Xususan, Senat Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva oʼz kirish soʼzida ushbu dasturning amalga oshirilishi davlat tashkilotlari uchun gender masalalardan xabardorlikni oshirish va Oʼzbekistonda gender tenglikni taʼminlash boʼyicha Milliy strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda yangi imkoniyatlarni ochib berishini, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarida xizmat lavozimi koʼtarilishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratishni, ularning salohiyatini oshirishni, shuningdek, ish joyida tazyiq va zoʼravonlik holatlarining oldi olishni taʼminlaydi.
Mukofot, shubhasiz, muvaffaqiyatga erishgan xotin-qizlar hamjamiyatini shakllantirishda muhim omil boʼladi, bu bugungi jamiyatning dolzarb muammo va vazifalarini amaliy hal etishda Oʼzbekiston davlat sektoridagi xotin-qizlarning tashabbuslari va salohiyati uchun maqbul maydonga aylanadi.






