Germaniya Deutsche Bankdan pul o’g’irlash holatlari bilan kurashni yanada kuchaytirishni talab qildi

Deutsche Bank yana shubha ostida. Germaniya moliya sohasini nazorat qilish federal byurosi (BaFin) Deutsche Bankdan pul o’g’irlash holatlarini va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish uchun zarur bo'lgan keyingi choralarni ko'rishni so'radi. 

 

Bu haqda Germaniya moliyaviy sektorini nazorat qilish bo’yicha federal idorasi (BaFin) veb-saytida regulyator Deutsche Bankga jinoiy faoliyatdan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida aniq choralar ko’rish talablarini yubordi. Bu regulyator bank faoliyatida kamchiliklarni topganligini ko’rsatadi deya ta’kidlaydi The Wall Street Journal.

 

Bundan tashqari, talablarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida, bank rivojlanishini baholash va bu haqda hisobot berish bilan shug’ullanuvchi BaFin vakilining vakolatlari uzaytirildi.

 

Deutsche Bank so’nggi ikki yil ichida nazorat choralarini yaxshilaganligini, 2,4 mlrd. dollarga yaqin mablag’ sarflab, pul o’g’irlashga qarshi kurashish bilan shug’ullanuvchi jamoani 1600 tagacha oshirganini e’lon qildi, deya xabar beradi WSJ. “Biroq, biz ish hali tugamaganligini bilamiz”, - deya ta’kidladi bank.