Germaniya ishbilarmonlari delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi amalga oshiriladi

Joriy yilning 29-sentabr – 1-oktabr kunlari Germaniyaning Tyuringiya federal oʼlkasi ishbilarmonlari delegatsiyasining Oʼzbekistonga ilk tashrifi amalga oshiriladi. Nemis delegatsiyasi tarkibiga 20ga yaqin nemis firma va kompaniyalari, ilmiy tadqiqot va taʼlim muassasalari vakillari kiritlgan.
Maʼlumot uchun: Tyuringiya ozod oʼlkasi (nemis tilida “Freistaat Thüringen”) Germaniyaning 16ta federal yeridan biri hisoblanadi. Oʼlkada 2,1 million fuqaro yashaydi. Mintaqa yalpi ichki mahsuloti 61,5 milliard yevroni tashkil qiladi. Oʼlkada sanoat (kimyo, oziq-ovqat, avtomobil, avtokomponent va turli uskunalar ishlab chiqarish), transport va logistika xizmatlari hamda ilm-fan, turli klaster va innovatsion parklar faoliyati keng rivojlangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Tyuringiya oʼlkasi Iqtisodiy rivojlantirish agentligi (LEG) hamda mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tashrif davomida ikki davlat ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum va B2B formatdagi uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Investitsiyalar va tashqi savdo, Mehnat va bandlik munosabatlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirliklari, Toshkent shahar hokimiyati hamda bir qator boshqa uyushma va tashkilotlarda muzokaralar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Tyuringiya vakillari tashrifi Samarqand shahri tarihiy obidalari hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan “Buyuk ipak yoʼli” xalqaro turizm markazi va “Boqiy shahar”ni ziyorat qilish bilan yakunlanadi.






