Germaniya O‘zbekistonga sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish uchun imtiyozli kredit ajratadi

Germaniyaning KfW davlat banki O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 45 million yevrolik imtiyozli kredit va 5,5 million yevrolik grant ajratish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqida xabar berdi.

Pul tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha raqamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi. Ushbu islohotlar ma’lumotlarni qayta ishlash va almashishni takomillashtirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashni boshqarishning raqamli infratuzilmasini hamda uning ma’muriy jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha milliy platformani joriy etish chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi.