Germaniya xorijliklar uchun karantin cheklovlarini bekor qildi

Germaniya tashqi ishlar vazirligi koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon kiritilgan barcha cheklovlarni bekor qildi. Ammo, Xitoydagi epidemiya borasidagi vaziyat barqaror bo’lmaganligi sababli, ushbu mamlakatdan keluvchi shaxslar, shu jumladan Germaniya fuqarolari uchun ham kirish cheklovlari amal qilishda davom etadi.

Bundan buyon Germaniyaga istalgan maqsadda, xususan, turizm uchun koronavirus kasalligiga qarshi emlanganlik sertifikati, undan tuzalganligi haqidagi sertifikatlarsiz yoki test sinovlarisiz sayohat qilish mumkin.

Shu bilan birga, Xitoydan keluvchi shaxslar, shu jumladan Germaniya fuqarolari uchun ham kirish cheklovlari amal qilishda davom etadi. Chunki Xitoyda epidemiya bo‘yicha vaziyat qoniqarli emas. Cheklovlar vaqtincha, 31-avgustga qadar olib tashlandi. Biroq nemis rasmiylari kasallanish ko‘paygan taqdirda ularni qaytarish mumkinligini istisno qilmaydi.