Germaniyada “Oʼzbek qovuni kuni” tashkil etildi

Hozirgi kunda Oʼzbekistonning eksport salohiyatini oshirish va chet el davlatlariga yetkazib berilayotgan mahsulolarimiz turi va hajmini kengaytirish borasida xukumatimiz tomonidan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda. Bunda mamlakatimizning xorijdagi vakolatxonaliri oʼziga xos oʼrinni egallaydi.

Kuni kecha mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi hamda oʼzbek va nemis xamkor kompaniyalari kelishuviga asosan Germaniyaning eng yirik savdo tarmogʼi “Edeka”ga ilk bora Oʼzbekistonda yetishrilgan qovunlar sinov partiyasi yetkazib berildi.

Mamlakatimiz poliz mahsuloti sotuvi boshlanishi munosabat bilan, Germaniyaning Baden-Vyurtemberg oʼlkasining Lar shahri “Edeka” savdo markazida “Oʼzbek qovuni kuni” tashkil qilindi. Unda Oʼzbekistonning Germaniyadagi elchisi, “Edeka” kompaniyasi rahbariyati, Lar shahri oberburgamistiri, Bundestag va oʼlka deputatlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yigʼilganlarga mamlakatimiz qishloq hoʼjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash solohiyati hamda eksport imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.