Google iyunda buklanadigan ekranli birinchi smartfonini taqdim etadi

Google joriy yilning iyun oyida o'zining birinchi yig'iluvchi smartfoni — “Pixel Fold”ni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Mazkur smartfon “Samsung”ning bozorda yetakchi bo'lgan buklanadigan ekranli telefonlari bilan raqobatlashadi, deya xabar bermoqda CNBC.
Nashr qoʻlga kiritgan hujjatga koʻra, Pixel Fold telefonidagi buklanadigan qismi eng bardoshli bo'ladi. “Samsung”ning 1799 dollarlik Galaxy Z Fold 4 smartfoni bilan raqobatlashadi. Boshlangʻich narxi 1700 dollar boʻlishi kutilmoqda.
“Pixel Fold” suvga chidamli va choʻntakbop boʻlib, 5,8 dyumli (14.7 sm) tashqi ekranga ega boʻladi. Telefon kitob kabi ochilib, 7,6 dyumli (19.3 sm) kichik planshetga aylanadi. Uning og‘irligi Samsung Galaxy Z Fold 4 dan biroz og‘irroq boʻlib taxminan 283 gramli boʻladi.
“Ammo, u kattaroq batareyaga ega bo‘lib, 24 soat yoki quvvat tejash rejimi yoqilganda 72 soatgacha ishlashi mumkin”, deyiladi hujjatda.






