Grenlandiyadagi muzliklarning erishi okeanlar sathining keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin

Grenlandiyadagi 110 trillion tonna muzliklarning erishi tufayli dunyo okeanlari sathi kamida 27 santimetrga ko‘tariladi. Bu haqda Britaniyaning Guardian nashri Daniya va Grenlandiya geologik xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Tadqiqotlarga ko‘ra, keyingi 100-150 yil davomida Grenlandiya muzliklarining erishi natijasida okeanlar sathining ko‘tarilishi kuzatiladi.

Ma’lum qilinishicha, olimlar 2000 — 2019-yillarda muzliklarning holatini tahlil qilgan. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, atmosferada karbonat angidrid chiqindilari kamaymasa, muzliklarning tez erishi dunyo okeanlari sathining 78 santimetrga ko‘tarilishiga olib keladi.