Gretsiya Bosh vaziri «juda qattiq» qishga tayyorlanishga chaqirdi

Yevropadagi energetika inqirozi tufayli Gretsiya “juda qattiq qish”ga tayyorlanishi kerak. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis 86-xalqaro ko‘rgazma ochilishida aytib o‘tdi.

Uning tushuntirishicha, gaz narxi o‘n baravar ko‘tarilsa, hech bir hukumat bunday o‘sishni to‘xtata olmaydi va bu muqarrar ravishda fuqarolarga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, Mitsotakis Gretsiya qiyinchiliklarga qaramay, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

Bosh vazir aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlarni ham ma’lum qildi. Ular orasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasidan bo‘lgan 2,3 million fuqaro uchun dekabr oyida 250 yevrodan to‘lab berish bor. Bundan tashqari, nafaqalar, pensiyalar ko‘tariladi, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, eng kam ish haqi miqdorini oshirish (2023-yil 1-maydan) va boshqa choralar ko‘riladi.