Gretsiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov Gretsiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yekaterina Nassika bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada faollashtirish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Gretsiya korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini hisobga olgan holda o‘zaro savdo hajmini oshirish va uning nomenklaturasini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin vaqt ichida iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Gretsiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi uchinchi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazishga, shuningdek, uning doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum tashkil etishga kelishib oldilar.






