«Groupe Casino» Toshkentda savdo tarmog‘ini ochishi mumkin

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko’ra, yirik fransuz chakana savdo tarmoqlaridan biri “Groupe Casino” kompaniyasi Toshkentda savdo tarmog‘ini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Rahmonov va Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha direktor Ervan Xuard boshchiligidagi “Groupe Casino” kompaniyasi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan.
Unda “Groupe Casino” ham O‘zbekistonda munosib o‘rin egallashi mumkinligini ta’kidlanib, chakana savdo bozorining jadal rivojlanishi biznes uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etishi ma'lum qilingan.
Ervan Xuard yig'ilishda giper-, super- va minimarketlarning keng tarmog'iga ega bo'lgan eng yirik fransuz chakana savdo tarmoqlaridan biri bo'lgan “Groupe Casino” haqida ma'lumot bergan. Mehmon Toshkent shahrida savdo tarmog‘ini ochishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab, poytaxt hokimligining ko‘magiga umid bildirgan.
P.S. "Groupe Casino" — 1898-yilda Fransiyaning Vauch shahrida tashkil etilgan. Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab “Casino Group” brendlari ostida 11,5 mingdan ortiq super va gipermarketlar ishlaydi. Fransiyadan tashqari kompaniya Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Urugvay va Kamerunda keng tarqalgan. Franchayzing tarmog‘i do‘konlari Afrika, Yevropa va Yaqin Sharqdagi 21 ta davlatda ham faoliyat olib boradi.






