“Gulfood” xalqaro ko’rgazmasida O’zbekiston milliy stendi namoyish etildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay xalqaro savdo markazida Gulfood xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida O‘zbekistonning eksport qiluvchi kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o’rnida, “Gulfood” – bu eng yangi mahsulotlarni topish, bozor oʼzgarishlarini baholash va global yetkazib beruvchilar bilan bogʼlanishni xohlaydigan oziq-ovqat sanoati mutaxassislari uchun maydon hisoblanadi. Har yili ko'rgazmaga 120 mamlakatdan 100 mingga yaqin kishi tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Respublikasi ketma-ket ikkinchi yil Gulfood ko‘rgazmasida o‘zining milliy stendi bilan faol ishtirok etmoqda. Ushbu stendda namoyish etilayotgan barcha mahsulotlar “MADE IN UZBEKISTAN” yagona yorlig‘i ostida taqdim etilib, yildan-yilga ommalashib, butun dunyo bo‘ylab iste’molchilar ishonchini qozonmoqda.

“MADE IN UZBEKISTAN” mahalliy eksportchi kompaniyalarga Oʻzbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini ham BAA bozoriga, ham Yaqin Sharq, Afrika va Yevropa mamlakatlariga eksportni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.

Ko’rgamda ishtirok etish orqali tadbirlar jahon hamjamiyatini o‘zbek meva-sabzavotlarining o‘ziga xos sifati bilan tanish, respublika oziq-ovqat sanoati salohiyatini namoyish etish, O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlarini ishonchli yetkazib berish imidjini mustahkamlash imkoniyatini taqdim etmoqda.

Gulfood ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi milliy ekspozitsiyasi ishini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etadi. Joriy yilda ko‘rgazmada O‘zbekistondan 24 nafar kompaniya yangi va quritilgan meva-sabzavot, qandolat mahsulotlari, mahalliy ishlab chiqarilgan eksklyuziv ichimlik suvi kabi turli namoyish etmoqda.

P.S: Mazkur ko'rgazma 17-fevralga qadar davom etadi.