Halol mahsulot va xizmatlarning jahon bozori 8 yilda qariyb 5 trillion dollarga yetadi

Amerikaning Frost and Sullivan kompaniyasi tadqiqotiga ko'ra, Islom tomonidan ruxsat etilgan ya’ni, halol mahsulot va xizmatlar jahon bozori misli ko'rilmagan o'sishni boshdan kechirmoqda. Progonozlarga ko’ra, Musulmon urf-odatlariga mos keladigan halol mahsulot va xizmatlarning jahon bozori 2030-yilga borib qariyb 5 trillion dollarga yetadi.
Statistik ma’lumotlarda qayd etilishicha, halol mahsulot va xizmatlarning jahon bozori 2020-yilda 2,3 trillion dollarni tashkil etgan. Ta’kidlanishicha, Yevropa mamlakatlarida halol mahsulot va xizmatlarga bo’lgan qiziqish xatto turizm va moda borasida ham namoyon bo’lmoqda.
Bundan tashqari G’arb aholisi, iste’molda ham halol bo’lgan mahsulotlarni afzal ko’rmoqda. Bu esa, halol mahsulotlar ishlab chiqarishga bo’lgan talabni sezilarli darajada oshirmoqda. Endilikda ko’plab xorijiy kompaniyalar xizmati sifatiga, tovari tarkibiga va albatta halol deya tasdiqlangan yo’riqnomaga alohida e’tibor qaratmoqda.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko’ra 2030-yilga borib dunyoda Musulmonlar soni 2,2 milliardga yetishi taxmin qilinmoqda.






