Hamkorlikni yanada faol rivojlantirish yo'llari

Qatar Davlati Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon al-Taniy boshchiligidagi delegatsiyaning keyngi uchrashuvi Sardor Umurzakov bilan bo'lib o'tdi.

Investitsiya sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Qatar Davlati o‘rtasida Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish borasida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa yirik turistik shaharlarida zamonaviy mehmonxona majmualarini qurishni nazarda tutgan holda, turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilab olindi.