Haydovchilar diqqatiga, yomgʼirli ob-havoda ehtiyot boʼling!

Yoʼl harakati xavfsizlik xizmati ogohlantirishicha, yog’ingarchilik vaqtida yoʼllar sirpanchiq boʼlishi sababli oraliq masofani yetarlicha saqlab harakatlangan ma’qul. Shuningdek, gaz va tormoz tepkisini keskin bosmaslik va piyodalarga e’tiborli bo’lish, belgilanmagan joydan yoʼlni kesib oʼtmaslik tavsiya qilingan.

Yomg’irli havoda haydovchilarning ehtiyotkorsizligi natijasida piyodaga suv yoki loyqa sachratish holatlari yuz berishi sababli eslatma:

    Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (150 ming so'm) jarima solishga sabab bo'ladi.