Haydovchilar YPX xodimidan dislokatsiya talab qilishga haqlimi?

YPX xodimi transportni to‘xtatganida haydovchi YPX xodimi aynan to‘xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligi haqida dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishi mumkin.
YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Dislokatsiyadan tashqarida tuzilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.






