Haydovchilik guvohnomasini talab qilish tartibi bekor qilindi

"Yo'l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaror qabul qilindi (04.05.2021 y. 271-son).

Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab haydovchilardan quyidagi hujjatlarni elektron formatga o'tkazish orqali talab qilish tartibi bekor qilinadi:

● avtomototransport boshqarish uchun guvohnoma( notarial tasdiqlangan);
● texnik tekshiruv haqida ma'lumot;
● avtomobil oynalarining rangini o'zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsat.