2010-yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalari 31-martdan haqiqiyligini yoʼqotadi

Hukumatning 2022-yil 12-apreldagi qaroriga asosan eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʼyxatdan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati belgilangan.
Unga ko’ra:
2010 yilgacha boʼlgan davrda berilgan haydovchilik guvohnomalari — 2023-yil 31-martgacha;
2010-2012-yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalari — 2023-yil 30-iyungacha;
2013-2015yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalari — 2023-yil 30-sentabrgacha;
2015 yildan keyin berilgan haydovchilik guvohnomalari — 2023-yil 31-dekabrgacha majburiy almashtirish muddati etib belgilangan.
P.S. Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.






