Haydovchilik maktablarida ishlash uchun ruxsatnomalar IIV tomonidan beriladi

Haydovchilik maktablarida haydovchilarni o'qitish uchun litsenziyalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi tomonidan beriladi. Ammo yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash ichki ishlar organlarining yo'l harakati xavfsizligi bo'linmalariga yuklatilgan.

Bu “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan.

Ayni paytda respublikada 1348 litsenziyaga ega avtomaktab faoliyat yuritmoqda. Ular har yili o‘rtacha 500-530 ming haydovchi tayyorlaydi.