Hindiston - Xitoy: keng hamkorlik muhokamasi

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Hindiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan videokonferensiya shaklida yigʼilish oʼtkazdi.
Uchrashuvda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, mamlakatimizning Hindiston va XXRdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Hindiston bilan ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi masalalar, jumladan, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, qoʼshma loyihalarni amalga oshirish va munosabatlarning yangi yoʼnalishlari batafsil koʼrib chiqildi. Oʼzbekiston delegatsiyasining 2021 yil dekabr oyida Hindistonga tashrifi yakunlari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʼyicha Oʼzbekiston-Hindiston Hukumatlararo komissiyasining 13-yigʼilishi hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forumni tashkil etish va oʼtkazish bilan bogʼliq masalalar alohida muhokama qilindi.
Huddi shu tartibda XXR bilan koʼp qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Investitsiyaviy sheriklik va oʼzaro savdoning barqaror oʼsib borayotgan koʼrsatkichlari fonida bugungi kunda ikki davlatning iqtisodiy hamkorligini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar va ishga solinmagan katta salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.
“Oʼzbekiston–ShHT” sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratildi.






