Hindistonlik milliarder dunyodagi ikkinchi eng boy insonga aylandi

Yilni “Bloomberg” milliarderlar indeksida 14-o‘rinda boshlagan hindistonlik magnat Gautam Adanining boyligi 146,9 milliard dollarga yetdi, bu Ilon Maskning 260 milliard dollar boyligidan keyingi eng ulkan miqdor.

“Adani Enterprises” kompaniyasining aksiyalari shu hafta rekord darajaga ko‘tarildi.

Bezosning boyligi 145,8 milliard dollarga tushib ketdi. “Amazon” aksiyalari esa bu yil 26 foizdan ko‘proq pasaygan.

Adani fevral oyida Osiyoning eng boy odami sifatida vatandoshi Mukesh Ambanini ortda qoldirgan, aprel oyida esa 100 milliardlik dovonni zabt etdi va so‘nggi ikki oy ichida Bill Geyts va fransiyalik Bernar Arnodan o‘zib ketdi.

Bu ilk bor osiyolik milliarderning AQSH texnologiya tadbirkorlari hukmronlik qilgan boylik indeksining yuqori pog‘onasiga ko‘tarilganini anglatadi.