Hokim yordamchilari OTMga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin

Qayd etilishicha, bu boʼyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori muhokamaga qoʼyilgan. Unga koʼra, oliy maʼlumotga ega boʼlmagan hokim yordamchilari davlat OTMlarining iqtisodiy taʼlim yoʼnalishlariga hokimning tavsiyasi bilan davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʼqishga qabul qilinishi mumkin.
Ularning oʼqish xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi.
P.S. Qaror muhokamasi 19-noyabrga qadar davom etishi belgilangan.






