Hozir ham tergov sifati past!

Murojaatnomada soʼnggi yillarda sud-huquq tizimida adolat oʼrnatish boʼyicha koʼp ish qilingani, shu bilan birga, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bogʼliq holatlar uchrayotgani taʼkidlandi.
"Nima uchun, haligacha davlat hisobidan bepul taʼminlanadigan advokatlarni “elektron tanlash” tizimi ishga tushmadi? Kim bunga qarshi?", - deya savol qoʼydi Pezident va tez kunlarda ushbu tizimning toʼliq ishga tushirilishini taʼminlashni topshirdi.
Qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga oʼrgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratiladi.
“Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozim", - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.






