Hududlarda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda gidrometeorologik ma’lumotlarni yig‘ish uchun avtomatlashtirilgan meteorologiya stansiyalari ko‘paytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, endi har bir tuman va shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi. Shunga asosan, hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi.
Bundan tashqari, gidrometeorologiya yo‘nalishida avtomatlashgan meteorologik stansiyalar ko‘paytiriladi, gidrologik o‘lchov uskunalari avtomatlashtiriladi, agrometeorologik xizmat bo‘yicha mobil ilova ishga tushiriladi.






