“Hyundai” eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchilardan biriga aylanmoqchi

Milliarder Eisun Chun rahbarligidagi “Hyundai” kompaniyasi 2030-yilga borib eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchilar uchligiga kirishni maqsad qilgan va u bu uchun 18 milliard dollar sarmoya kiritmoqda. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Qayd etilishicha, konglomerat tarkibiga kiruvchi uchta kompaniya — “Hyundai Motor”, “Kia” va “Hyundai Mobis” shoʻba korxonalari birgalikda 2030-yilga borib mahalliy elektromobil ishlab chiqarishni 1,51 million donaga va global ishlab chiqarishni 3,64 million donaga yetkazishni rejalashtirmoqda va bu loyiha 31 ta elektrokar modellari, jumladan, “Kia” hamda “Genesis” brendlarini oʻz ichiga oladi.

“Kia” bosh direktori Xo Sung Song “Hyundai Motor” kompaniyasi nomidan bergan bayonotida: “Biz butun elektromobil ekotizimining, jumladan, tadqiqot va ishlanmalar, ishlab chiqarish va infratuzilmaning raqobatbardoshligini oshirishga asosiy e'tiborimiz qaratamiz”, deya ta’kidlagan.