"IKEA va Lego aralashmasi": Google pandemiya sababli ofislarni transformatsiya qilishga qaror qildi

Google o'z ofislarini pandemiya sababli korporativ madaniyat o'zgarishini hisobga olgan holda o’z ofislarini transformatsiya qilishni boshladi. Kompaniya puflanadigan selofan devorlardan, har bir xodimga moslashadigan stollardan, shuningdek, kimdirga juda qattiq shamol urganligi haqidagi nizolarni bartaraf etishga mo'ljallangan mobil shamollatish tizimidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

 

Google kompaniyasi o'z ofislarini koronavirus pandemiyasidan keyingi davrga tayyorlash va o’z uyida ishlashga o’rganib qolgan va ishxonaga doimiy kelishni ortiq istamayotgan xodimlarning xohishlarini inobatga olgan holda o’z ofislarini transformatsiya qilishga qaror qildi. G’oyalari va ixtirolari haqida Google The New York Timesga so’zlab berdi.

 

Keyingi yil yoki shunga yaqin vaqt ichida Google o'zining yangi dizaynini o’z ofislarining taxminan 10 foizida sinab ko'radi, deb yozadi gazeta. Kompaniyaning rejalari xodimlar masofadan ishlashga ketishidan oldin ham boshlangan ishlarga asoslangan. Google kelajakda ishchilar nimani xohlashini prognozlashtirishni konsultantlar guruhidan, shuningdek, jamiyatshunoslarning Z avlodini o’rganuvchilardan so’ragan edi. Javob – “IKEA va Lego aralashmasi”, deb yozadi NYT.  

 

Bir qator stollar o'rniga Google «jamoaviy kapsulalarni» (Team Pods) ishlab chiqmoqda. Ularning ichida stollarni, stullarni, taxtalarni va narsalarni saqlash joylarini ko'chirish mumkin bo'ladi. Google bir vaqtning o'zida ofisda ishlaydigan xodimlar va masofadan turib ishlaydigan xodimlarning fonida kompaniya yig'ilish o’tkazish uchun yangi turdagi xonani - "gulxan" (Campfire) yaratmoqda. Bu yerda oddiy xodimlar doirada o'tirishadi va ko'z darajasidagi katta displeylar tufayli masofadan turib ishlaydiganlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

 

Bundan tashqari, Google butun dunyo bo'ylab idoralarga qadoqlanib jo'natilishi mumkin bo'lgan harakatlanuvchi devorlarni ishlab chiqmoqda. Agar xodimga yolg’iz qolish kerak bo'lsa, unga robot selofanli shaffof devorni shishirib berish orqali yordam berishi mumkin. Google shuningdek, yangi shamollatish tizimining prototipiga ega - mahkamlagichlari bo'lgan mobil havo kanali. Uni ishchilar o'tirgan joyiga qarab ajratish va ko'chirish mumkin. Ushbu tizim har bir xodimga unga qanday havo oqimi urishini tanlashga imkon beradi.

 

Endi doimiy ish joyini talab qilmaydiganlar uchun Google prototip stolini ishlab chiqdi, uni ish beydji yordamida faollashtirsa xodimning xohishlariga qarab o’zgaradi. Stol o’zining balandligini, monitor qiyaligini va havo haroratini o’zi o’zgartiradi, shuningdek, xodimning oilaviy suratini ekranda aks ettiradi.