Ilhom Aliyev Selchuk Bayraktarni qabul qildi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bugun Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi texnik direktori Selchuk Bayraktarni qabul qildi, deya xabar bermoqda Ozarbayjon prezidentining rasmiy sayti.
Selchuk Bayraktar Ilhom Aliyevga Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning salomi va o‘z mamlakatida sodir bo‘lgan dahshatli zilziladan keyin ko‘rsatilgan birodarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
Prezident Ilhom Aliyev Ozarbayjonning Turkiyaga yordam berishini qardoshlik burchi deb baholadi.
Turkiya mudofaa sanoati so‘nggi yillarda salmoqli yutuqlarga erishganini qayd etgan Prezident Ilhom Aliyev bu borada Vatan urushi yillarida arman harbiy texnikasi yo‘q qilingan “Baykar” kompaniyasining alohida o‘rni borligini ta’kidladi.
Yakunda Ozarbayjon Prezidentiga esdalik sovg‘asi topshirildi.






